"Napoli" "Arsenal" posbonini sotib olmoqchi
La Republica xabariga ko‘ra, italyan jamoasi garchi Ospina mavsum davomida 30 uchrashuvda maydonga tushmasada, u bilan shartnoma imzolamoqchi.
Ma’lumot uchun, Ospina 2014 yil "Arsenal" safiga kelib qo‘shilgan edi. Ilk mavsumda kolumbiyalik kiper 18 bellashuvda "to‘pchilar" darvozasini qo‘riqlagan. Ammo keyingi uch yil davomida u Angliya Premer-ligasida bor-yo‘g‘i 11 bor maydonga tushgan. Bu yoz jamoaga Bernd Leno kelgach esa u ketish tadorigini ko‘rgan edi.
Natijada, "Napoli" uni bir mavsumga ijaraga oldi. U bu mavsum neapolliklar safida 11 bahsda maydonga tushdi va 14 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar