"Napoli" Kulibalini o‘z safida saqlab qolish yo‘lini topdi
"Napoli" o‘zining mahoratli himoyachisi Kalidu Kulibalini tarkibda saqlab qolmoqchi.
Todomercadoweb tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar rahbariyati 27 yoshli senegallik futbolchini kamida 150 mln evrolik taklif bo‘lsagina qo‘yib yuborishi mumkin. Qayd etish lozimki, Kulibalining amaldagi shartnomasida tovon puli ko‘rsatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Kulibali uchun asosiy da’vogar "Manchester Yunayted" hisoblanadi. Ammo, mankuanliklar bitta transfer uchun bu qadar katta pul sarflashmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Kulibali “Napoli” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar