
Navas mavsumni APLda yakunlashi mumkin
Tibo Kurtua kelgach zaxiraga futbolchisiga aylanib qolgan “Real” darvozaboni Keylor Navas yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq tumanli Albionga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Fichajes.com xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli kosta-rikalik posbonni “Arsenal” bosh murabbiyi Unai Emeri o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Ma’lumot uchun, Navas joriy mavsum “Real” safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 8ta to‘p o‘tkazib yubordi. Uning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnmoasi esa 2020 yilga qadar imzolangan. Uning taxminiy transfer bahosi 18 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar