
“Navbahor”-“So‘g‘diyona” o‘yin vaqti ma’lum
Oliy liganing 28-turida "So‘g‘diyona" Namanganda “Navbahor”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yin vaqti ma’lum. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yoshlar ligasi bahsi 7 noyabr kuni soat 14:30da To‘raqo‘rg‘ondagi “Yoshlik ” o‘yingohida bo‘lib o‘tsa, asosiy tarkib uchrashuvi 8 noyabr kuni soat 17:00da “Navbahor” markaziy stadionida o‘tkaziladi.
Bugun jizzaxliklar ertalabki mashg‘ulotdan so‘ng “Navbahor”ga qarshi bahsni o‘tkazish uchun Namanganga yo‘l olishdi.
Fikrlar