
Nega Lyakazett Obameyangdan muhimroq?
Yangi mavsumni yangi murabbiy bilan yangi davrni boshlagan «Arsenal»ni to‘xtatish tobora qiyinlashib bormoqda. Evropa Ligasining uchinchi turida «to‘pchilar» «Sporting»ni safarda kichik hisobdan mag‘lub etdi.
Ushbu g‘alaba «Arsenal»ning Portugaliyadagi ilk g‘alabasi bo‘ldi va qatorasiga 11-o‘yinda londonliklarni hech kim to‘xtata olmayapti. Ushbu g‘alaba tufayli londonliklar 1/32 bosqichi yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ydi, desak xato bo‘lmaydi. Uchrashuvdagi yagona golni esa Denni Uelbek kiritdi. Jamoa yulduzi Obameyang esa omadsiz ishtirok etdi.
Per-Emerik Obameyangning statistikasiga qarasak, ancha chiroyli raqamlarga ko‘zimiz tushadi: 24 o‘yinda 18 gol. Bu bilan u klubning eng tezkor futbolchisi ham hisoblanadi. U jamoasini Premer Ligada tarixiy mavsumni o‘tkazish yo‘lida katta mehnat qilayotganidan darak.
Bundan tashqari, u bo‘ydor, frantsuzcha gapiradi va 14-raqam egasi tezkor futbolchi ham hisoblanadi. Bunday sifatlar klub afsonasi Terri Anri bilan taqqoslanishiga sabab bo‘lmoqda. Ammo ikkala futbolchilarda o‘zaro o‘xshashlik ko‘rayotganlar gabonlik hujumchini bo‘rttirishmoqda. Asosiy sabab ular orasidagi sifatda emas. Bu muhim farq emas.
Agarda Anrining «Arsenal»dagi faoliyatiga nazar soladigan bo‘lsak, bir so‘z bilan uni etakchi deyishimiz mumkin. Anri qanday sport formasida bo‘lmasin, u asosiy etakchi bo‘lib kelgan. U hujumdagi muhim figura edi. «Arsenal» unga to‘pni bersa bo‘ldi, u bir o‘zi hujumga borib barchasini hal qilish vazifasini bajarishga qodir edi.
Shu taraflama Arsen Venger yaqin o‘tmishda nega Olive Jiruni uzoq vaqt qo‘yib yubormagani sababini ko‘ramiz. Jiru hech qachon eng zo‘r hujumchi bo‘lmagan. U o‘yin borasida Anriga xatto yaqin ham kelmaydi. Biroq u hujumda vatandoshi bilan bir xil funktsiyani bajara olardi.
Unga to‘pni etkazib bersa bo‘ldi, u jamoadoshlarini uyaltirib qo‘ymasdi. «Arsenal» Anri kabi ham etakchi, ham superyulduz bo‘lgan futbolchini olib kela olmadi. Shu sababli Venger etakchilik vazifasini qismlarga bo‘lishga qaror qilgandi.
Obameyang etakchilikdan ko‘ra individual iqtidorga ega hujumchi. Buni kecha «Sporting»ga qarshi o‘yinda ham ko‘rdik. U o‘z tezligi va mahoratini bir necha epizodlarda ko‘rsata oldi. Ochig‘ini aytganda u ko‘plab imkoniyatlarni ko‘kka sovurdi. Biroq hujumdagi ishlar uning atrofida qurilmadi. «Borussiya Dortmund»ning sobiq vakili hujumni o‘z qo‘liga olib «Sporting»ni himoyalanishga majbur qila olmadi.
Obameyangning Evropa Ligasidan o‘rin olgan ushbu uchrashuvlarga tushirilishi va Premer Liga o‘yinlarida chap qanot vingeri sifatida o‘ynayotganining boshqa bir sababi bor. Chunki «Arsenal» o‘z etakchisi bo‘la oladigan boshqa bir futbolchiga ega. Ularda to‘pni o‘zida ushlab tura oladigan, boshqalar bilan ajoyib tarzda harakatlana oladigan va umuman jamoaning o‘yinini kuchaytira oladigan yangi etakchi bor. U ham bo‘lsa – Aleksandr Lyakazett.
«Lion»ning sobiq vakili klub hujumchilari orasida eng yorqiniga aylangan. Lyakazett toza to‘purar, so‘nggi zarbani ajoyib tarzda yakunlaydigan hujumchi hisoblanadi.
Bundan tashqari unda pleymeykerlik qobiliyati ham bor. O‘z vaqtida Jiru bu ishni bajarardi. Unay Emeri ham nega aynan Lyakazettni markazga o‘tkazgani va Obameyangni asosan Evropa Ligasida tushirayotganini ochiq tan oldi.
Obameyangning «Arsenal» uchun muhim futbolchi ekanligiga shubha yo‘q. Undagi to‘purarlik qobiliyatini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Ammo u klub uchun etakchi futbolchi emas. Asosiysi emas. «Sporting»ga qarshi o‘yin ham buni yana bir marta ko‘rsatib berdi. Aksincha Lyakazett «Arsenal»ning eng muhim hujumchisi.
Fikrlar