Nega «Siti» inqirozda va undan chiqish yo‘li bormi? (Erkin G‘aybullaev blogi)

  • 2 yanvar, 2019, 15:52
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Manchester Siti» so‘nggi turlarda bir qator qimmatli ochkolarni yo‘qotib qo‘ydi va «Liverpul»ga qarshi muhim derbi oldidan oradagi farq biroz sezilarli ko‘rinish hosil qilgan. Nega Gvardiolaning jamoasi inqirozga kirib qoldi va bundan chiqish imkoni bormi? Quyidagi tahlilimiz ana shu haqida.

«Manchester Siti» Fernandinoga u jarohat olguniga qadar o‘ta bog‘lanib qolgandi. Usiz esa bir qator muammolarga uchramoqda. Pep Gvardiola esa shogirdi safga qaytgunicha tarkibni yuqori sport formasida ushlab turishning uddasidan chiqishi kerak.

«Shaharliklar» bir kechada yomon klubga aylanib qolgani yo‘q aslida. Ularning so‘nggi omadsizliklarining asosiy qismi Fernandino, David Silva va Kevin De Bryuynelarning klubiga yordam bera olmayotganligi hisoblanadi.

«Manchester Siti» uchta muhim yarim himoyachisining birortasi bo‘lmaganida ham «yashab qolishga» qodir ekanligini isbotlay olgan. Ammo Fernandino va qolgan ikkitasidan yana biri safdan chiqqanda jamoa hujumda va himoyada ojizlanib qolmoqda.

Silvaning so‘nggi ikki turda jamoasiga yordam berolmaganida sport formasida bo‘lmagan De Bryuyne bilan «shaharliklar» hujumi har doimgi sifatini ko‘rsatishga erishdi. Leroy Sane va Rahim Sterling raqiblarni o‘z driblinglari evaziga dog‘da qoldirib katta yordam qilishdi.

Xullas muhim futbolchilarsiz «Siti» hujumga o‘tishda juda qiynalib qoldi. «Kristal Pelas»ga qarshi 30 marta, «Lester»ga qarshi o‘yinda esa 26 marta shunday harakat sodir etildi. Birinchi raqibga qarshi shundan oltitasi muvaffaqiyatli tugagan bo‘lsa, ikkinchisida bu atigi bittani tashkil etdi.

«Shaharliklar»ning raqiblari ularga qarshi qanday himoyalanish kerakligini o‘rganib olganlari etmagandek, Gvardiola jamoasini qarshi hujumlarda tutishning ham hadisini olishdi. Har qanday raqibni to‘xtata oladigan Fernandinoning yo‘qligi jsa ularning ishini ancha osonlashtirib berdi va klub himoya chizig‘i muntazam ravishda xato qilmoqda.

Xatto «Chelsi»ga qarshi mag‘lubiyatdan oldin braziliyalik futbolchidan o‘tgan mavsumdagidan ko‘ra qattiqroq mehnat qilishi kerakligini eshitishgandi.

Hozirgacha bo‘lgan davrda klub raqiblari ko‘proq harakatlanish va uzatmalarni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lib kelishgan. Xavfli zonada Gvardiola raqiblari ancha erkin harakatlanishmoqda.

Kamiga Gvardiola shogirdlari bu mavsumda bosim uyushtirishning ham uddasidan chiqa olmayapti. Yoki raqiblar buning ham chorasini topishgan. De Bryuynening sport formasini yo‘qotib qo‘yishi bu mavsumda Premer Liga klublarining ishini ancha osonlashtirib yubordi.

Har qanday sabab bo‘lishidan qat’iy nazar ular Fernandino bilan turnir peshqadami bo‘lib turgandi. Usiz esa Jon Stounz va Ilkay Gyundogan Fernandino bajargan «qora ishlar»ni uddasidan chiqa olmayapti va ular ortidagi Otamendi, Uolker va Delflar himoyada yaxshi o‘ynay olishmayapti.

Fernandino «Sautgempton»ga qarshi o‘yinda qaytishi mumkin. Silva va De Bryuynelar safda bo‘lgani uchun «Siti» kuchli hujumkor jamoaga aylanadi. Biroq Fernandino qaytganida «ko‘klar» yana barcha chizqilarda eng zo‘riga aylanadi.

Ammo «Manchester Siti» chempionlik poygasida qolishni istasa tezroq natijalarga erishishi shart. Ular bir kechada yomon jamoaga aylanib qolmadi. So‘nggi mag‘lubiyatlarning asosiy sababi klub to‘liq asosiy tarkibda harakat qilmagani bo‘ldi. Asosiy tarkib qayta tiklanmagunicha ular maydonda eng zo‘ri emasligini ingliz klublari amalda isbotlab berishmoqda.

Gvardiola esa qishki transfer bozorida qatnashmoqchi emas. Kataloniyalik murabbiy shu oyda yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday mish-mishlarni rad qilmoqda. Ammo ba’zi nashrlarning xabar qilishicha, Gvardiola yordamchilariga «Lester»ning chap qanot himoyachisi Ben Chiluollni olib kelish vazifasini yuklatgan.

Ammo bu sodir bo‘lmasligi haqiqatgan yaqin. Boisi murabbiyga himoyachidan ko‘ra Fernandinoga o‘rinbosar kerakligini juda yaxshi tushunib turibdi. Klub afzal ko‘rgan transfer egalari esa ayni vaqtda sotuvga qo‘yilmaydi.

Buning o‘rniga, Gvardiola yaqinlashayotgan ikki turda qiyin raqiblarga jamoani qanday tarkibda tushirish kerakligi ustida ish olib borgani ma’qul.

Safda bo‘lgan futbolchilar shunchaki so‘nggi ikki uchrashuvda o‘z saviyalaridan past bo‘lgan o‘yinni ko‘rsatishdi. Gvardiola yaqin vaqt ichida ularga o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarib inqirozdan olib chiqishi zarur.

Buni ispaniyalik murabbiy yaxshi tushunib etgan ko‘rinadi, Rojdestvo bayrami arafasida qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishga shogirdlarini majburlagan. Buni muntazam qilishlari shartga o‘xshaydi. Boisi mavsumning qiyin pallasi kirib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
02/01/2019 17:06
Сити инкирозда эмас, шунчаки ливерпуль жуда яхши формада