OChL-2019. AGMK "Nasaf"ning natijasini takrorlay oladimi?
Olmaliqliklarga ikkinchi saralash bosqichida Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi raqiblik qiladi. Aslini olganda, dushanbeliklar ilk saralash raundida Bahrayn chempioniga qarshi bahs olib borishi lozim edi, ammo Bahrayn klubi OFK talablarini bajara olmadi va "Istiqlol" avtomatik tarzda keyingi bosqichga chiqdi.
Endi 12 ferval kuni AGMK o‘z uyida qo‘shnilarimizni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv g‘olibi esa bir haftadan so‘ng Saudiya Arabistonida "Al-Nasr" klubi qarshiligini engib o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Shu vaqtga qadar Osiyo arenalarida o‘zbek va tojik klublari ikki bor to‘qnash kelishgan. O‘shanda Chempionlar kubogi musobaqasi doirasida "Nasaf" "Umid" klubini har ikki bellashuvda mag‘lub etishning uddasidan chiqqan edi - 4:1, 3:2.
Xuddi shu yili Kubok egalari kubogi turniri doirasida "Paxtakor" "Regar Tad-AZ" jamoasiga ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan edi - 2:2, 1:3.

Fikrlar