OFKning 2016 yil sarhisobi | Omar Abdulrahmondan Shinji Okazakigacha

  • 2 dekabr, 2016, 02:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha soatlar avval, futbol sohasidagi Osiyoning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Abu Dabi shahridagi “Emirates Palac”da o‘tgan taqdirlash marosimini ochib berish uchun so‘zga chiqqan OFK prezidenti Shayh Salmon bin Ibrohim Xalifa marosim tashkilotchilariga alohida minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

- BAA Futbol Assotsiatsiyasi hamda Abu Dabi Sport Konsulligi bu tadbirni yuqori saviya va jozibada o‘tishiga katta hissa qo‘shdi. Ularning bu yordamlari uchun OFK nomidan cheksiz minnatdorchilik bildiraman.

- Bugun hammamiz “Bir Osiyo, Bir Maqsad” shiori ostida o‘tgan mavsumda Osiyo futbolida qo‘lga kiritilgan natijalarni sarhisob qilish uchun yig‘ildik. Bu mavsumni qiziqarli va hayajonli o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shgan barcha futbol assotsiatsiyalari, murabbiylar hamda futbolchilarni olqishlayman.

- Shuningdek, bugungi OFKning yillik taqdirlash marosimining so‘nggi ro‘yxatidan o‘rin olganlarni ham alohida tabriklayman.

- Osiyo futbolining eng hayajonli daqiqalarida sizlar bilan bo‘lganimdan hursandman.

Shundan so‘ng 2016 yilda Osiyo futboli rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan va yuqori natijalarga erishganlar birin ketin e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 25 yoshli BAA terma jamoasi hamda “Al Ain” klubi yarim himoyachisi Omar Abdulrahmon “Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi” nomiga munosib deb topildi.

Ayyollar futbolida esa, Rioda o‘tgan Olimpiada o‘yinlaridagi ajoyib harakatlari bilan ko‘zga tashlangan Avstraliyalik Kaytlin Foord “Eng yaxshi ayol futbolchi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Quyida Osiyoning “eng yaxshilari”ga munosib ko‘rilganlar bilan tanishasiz (to‘liq ro‘yxat).

OFK “Osiyo Gavhari” g‘olibi: Issa Hayatou

OFK “Osiyo Orzusi” g‘olibi: Qatar Futbol Federatsiyasi

OFKning eng o‘rnak bo‘ladigan a’zolik assotsiatsiyasi: Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi

OFKning eng yaxshi rivojlanayotgan a’zolik assotsiatsiyasi: Butun Hindiston Futbol Federatsiyasi

OFKning eng intiluvchan a’zolik assotsiatsiyasi: Butan Futbol Federatsiyasi

OFKning eng yaxshi erkak murabbiyi: Choi Kang-hi (Janubiy Koreya)

OFKning eng yaxshi ayol murabbiyi: Chan Yun-ting (Gonkong)

OFKning Maxsus sovrindori: Makoto Teguramori (Yaponiya)

OFKning eng yaxshi erkak futbolchisi: Omar Abdulrahman (BAA)

OFKning eng yaxshi ayol futbolchisi: Kaytlin Foord (Avstraliya)

OFKning eng yaxshi erkak futzalchisi: Aliasqar Hasanzoda (Eron)

OFKning eng yosh erkak futbolchisi: Ritsu Doan (Yaponiya)

OFKning eng yosh ayol futbolchisi: Fuka Nagano (Yaponiya)

OFK Osiyoning xalqaro maydonlardagi eng yaxshi futbolchisi: Shinji Okazaki (Yaponiya & Lester Siti)

OFKning eng yaxshi erkak hakamlari: Aliriza Fag‘oniy (Eron), Riza Suhandon (Eron), Muhammad Riza Mansuriy (Eron)

OFKning eng yaxshi ayol hakamlari: Kate Yasevich (Avstraliya), Rene Kogill (Avstraliya), Uvena Fernandes (Hindiston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!