
Olimpiadada Muhammadqodir Abdullaevga engilgan bokschi Meyvezerni nokaut qilmoqchi
Professional boks olamida katta nufuzga ega bo‘lgan mashhur murabbiy Freddi Rouchning aytishicha, 12 karra jahon chempioni amerikalik Floyd Meyvezerni engadigan bokschi bor ekan. Bu bokschining imkoniyatlari Meyvezerning ringga qaytishini kutayotgan filippinlik Menni Pakyaonikidan yaxshiroq, deb baholanmoqda.
- Mening fikrimcha, Floyd Meyvezerni engish bobida Migel Kottoning imkoniyatlari Menni Pakyaonikidan ancha yuqori, - dedi Freddi Rouch. - Chunki Kotto filippinlik bokschiga qaraganda baquvvat va kuchliroq. Menga qolsa, Floydga qarshi jangda Pakyaoning o‘rniga Kottoni ko‘rishni istayman.

Floyd Meyvezer faoliyati davomida Migel Kottoni ham, Menni Pakyaoni ham mag‘lubiyatga uchratgan. Mag‘lub bo‘lgan har ikki bokschi amerikalik chempionning ringga qaytib ular iblan revansh jangi o‘tkazishini kutmoqda. Shuningdek, Menni Pakyao va Migel Kotta jangida filippinlik charm qo‘lqop ustasining qo‘li baland keldi.

Migel Kottoni o‘zbekistonlik boks muxlislari yaxshi bilishadi. U Sidney Olimpiadasida hamyurtimiz Muhammadqodir Abdullaevdan mag‘lubiyatga uchragan. Biroq, professional boksdagi jangda puerto-rikolik bokschi zafar quchgan.

Fikrlar