Olmaliqdagi stadionda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
Klub ilk bora xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiladi. Shu sababdan ayni paytda AGMKning uy stadionida stadionni xalqaro talablarga moslashtirish uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, stadionda OAV vakillari o‘yin payti ishlashi uchun alohida media-tribuna, shuningdek, maxsus mehmonlar uchun CIP-sektor va matbuot anjumanlari xonasi barpo etish ishlari boshlab yuborilgan. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qolaversa, stadionning jamoalar kiyim almashtirish xonalari, uchrashuv komissari uchun mo‘ljallangan xonalar, doping tekshiruvi, tibbiyot xonalari ta’mirdan chiqarilmoqda.
Yaqin vaqt ichida stadion bemalol xalqaro uchrashuvlarni o‘zida qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Fikrlar