
"Osasuna" himoyachisi o‘ta dahshatli jarohat oldi (video)
Ispaniya chempionati 22-turida “Osasuna” jamoasi o‘z maydonida Madridning “Real” futbolchilarini qabul qildi.
Anchagina murosasiz kechgan o‘yinda madridliklar 3:1 hisobida zafar quchdi. “Real” safida gollarga Ronaldu, Isko va Lukas Vaskes mualliflik qildi. “Osasuna”dan Leon gol muallifi bo‘ldi. Yakuniy hisob 1:3.
Bu uchrashuvdan biroz avval yakunlangan "Barselona" va "Alaves" jamoalari o‘rtasidagi bahsda kataloniyaliklar himoyachisi daxshatli tarzda jarohat olib, maydonni tark etgan edi. "Real" va "Osasuna" o‘yinida esa bundanda qo‘rqinchli holat yuz berdi.
O‘yinning 12-daqiqasida "qirollik klubi" va maydon egalari futbolchisi o‘zaro to‘qnashib ketishdi. Bu holatda "Osasuna" a’zosi Kayetano Bonin o‘ta jiddiy jarohat oldi va maydonni tark etdi. Quyida ushbu holatga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin:
Fikrlar