Osiyo chempioni Jasurbek Latipov Kubada mag‘lub etildi

BEPUL PROPAN

O‘zbekistonlik eng kuchli bokschilardan tarkib topgan "Uzbek Tigers" jamoasi Jahon Boks Seriyalari (World Series of Boxing) chorak final javob uchrashuvida "Cuba Domadores"ga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazmoqda.

Qarama-qarshilikning dastlabki jangi Osiyo chempioni Jasurbek Latipov hamda Jahon chempionatlari sovrindori Yosbani Veytia o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ilk raunddayoq tashabbusni mezbon bokschiga berib qo‘ygan hamyurtimiz keyingi raundlarda ham vaziyatlarni o‘z foydasiga hal qila olmadi.

Hakamlarning yakuniy qaroriga ko‘ra kubalik bokschi Yosbani Veytia yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi va jamoalar o‘rtasidagi umumiy hisobni tenglashtirdi.

Umumiy hisob

"Cuba Domadores" 3:3 "Uzbek Tigers"

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!