
Osiyo kubogi-2019 da sensatsiya! Qatar Janubiy Koreyani mag‘lub etdi
Abu-Dabidagi "Zayed Sport Siti" stadionida kechgan uchrashuvda kutilmagan natija qayd etildi. Musobaqa g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lgan koreyaliklar 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
Bellashuvdagi yagona gol 79-daqiqada Abdulaziz Xatem tomonidan kiritildi. Shu tariqa, Feliks Sanches shogirdlari yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Fikrlar