Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston bugun Tailandga qarshi o‘ynaydi

  • 19 avgust, 2018, 10:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor ayni kunlarda Indoneziyada 18-Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Ravshan Haydarov boshchilishidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun musobaqaning guruh bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvni Tailand terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. 

Eslatib o‘tish lozimki, guruhdagi ikkita o‘yinda yuz foizlik natija ko‘rsatgan vakillarimiz muddatidan avval birinchi o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan edi.  Ular dastlab Bangladeshni 3:0, so‘ngra esa Qatarni 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. 

Osiyo o‘yinlari nimchorak final uchrashuvi 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston OTJ "A", "S" yoki "D" guruhida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoaga qarshi maydonga tushishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!