O‘zbekiston MTJ Toshkentda Suriya, Shimoliy Koreya va Qatar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning bir qator futbol assotsiatsiyalar bilan o‘zaro imzolagan memorandumlari asosida, shuningdek, FIFA prezidenti Janni Infantino va OFK prezidenti Shayx Salmon Ibrohim bin Xalifa ko‘magi yordamida Osiyoning bir qator terma jamoalari bilan Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Jumladan, 6 sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi bahs olib boradi. O‘yin muxlislar uchun qulay bo‘lgan payt soat 20:00da boshlanadi.
 
Bundan tashqari, oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan ham unumli foydalanish rejalashtirilgan. 13 oktyabr kuni Shimoliy Koreya bilan, 16 oktyabr kuni esa Qatar terma jamoasiga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
 
Ektor Kuper mazkur o‘yin orqali O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibini shakllantirib boradi. 
 
Hozirda qolgan FIFA kunlarida  ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Jumladan, Eron futbol federatsiyasi bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar ijobiy yakuniga etsa, 11 sentyabr kuni yurtimizdagi futbol muxlislari Osiyoning ushbu grand jamoasini Toshkentda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!