
O‘zbekiston OTJning Osiyo chempionati saralash o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi
22 mart
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida 2020 yil Taylandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashishi haqida avval xabar berib o‘tgandik. Guruhimizdan Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari joy olgan bo‘lib, guruhdagi o‘yinlarning barchasi poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkaziladi. O‘yinlar 22-26 mart kunlari «Lokomotiv» va «Paxtakor» stadionlarida bo‘lib o‘tadi.
Quyida e’tiboringizga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionati saralashidan o‘rin olgan o‘yinlari taqvimini havola qilamiz:
Osiyo chempionati saralashi, «F» guruhi
O‘zbekiston – Pokiston («Paxtakor» stadioni)
Tojikiston – Hindiston («Lokomotiv» stadioni)
24 mart
Pokiston – Tojikiston («Lokomotiv» stadioni)
Hindiston – O‘zbekiston («Paxtakor» stadioni)
26 mart
O‘zbekiston – Tojikiston («Paxtakor» stadioni)
Hindiston – Pokiston («Lokomotiv» stadioni)
Fikrlar