O‘zbekiston U-18 termasi Gruziya yoshlariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

  • 24 aprel, 2017, 15:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Shu yilning 17–23 may kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tab kelgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi may oyi boshida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Aleksandr Mochinov qo‘li ostidagi O‘zbekiston U-18 terma jamoasi 2 va 4 may kunlari Tbilisida Gruziya yoshlar termasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Bo‘lajak o‘yinlar O‘zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo‘lib o‘tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!