
O‘zbekiston kubogi. AGMK qo‘shimcha bo‘limlarda "Mash’al"ni engdi
Pro-liga ishtirokchisi - Muborakning "Mash’al" klubi Olmaliqda AGMK mehmoni bo‘ldi. Mazkur o‘yinning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi - 1:1.
G‘olib nomini aniqlash uchun esa qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat etildi. Ekstra taymlarda ikkita to‘p kiritgan "konchilar" 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Fikrlar