O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi 2017 yilda o‘tkaziladigan musobaqalar taqvimini e’lon qildi

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi 2017 yilda o‘tkaziladigan musobaqalar taqvimini e’lon qildi.

Ushbu taqvimga ko‘ra, hamyurtlarimiz xalqaro maydondagi ishtiroklarini 10-14 may kunlari Hindistonning Nyu Deli shahrida o‘tkaziladigan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan  boshlashadi.

Shuningdek, sportchilarimiz uchun yilning eng so‘nggi musobaqasi esa 10-15 oktyabr Bolgariyaning Plovdiv shahrida o‘tkaziladigan faxriylar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lishi kutilmoqda.

2017 yilda o‘tkaziladigan musobaqalarning to‘liq taqvim esa quyidagicha:

10-14 may – Kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, Nyu Deli (Hindiston);

15-18 iyun – Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, Taychung (Xitoy Taybey);

20-23 iyul – O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, Bangkok (Tailand);

1-6 avgust – Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Tampere (Finlyandiya);

21-26 avgust – Kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Parij (Frantsiya);

5-10 sentyabr – O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Afina (Gretsiya);

10-15 oktyabr – Faxriylar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Plovdiv (Bolgariya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!