
O‘zbekiston sportchilari orasiga yana 2 nafar mashhur nom qo‘shildi
Veloshosse bo‘yicha ikki karra olimpiada o‘yinlari sovrindori hisoblangan rossiyalik sportchi Olga Zabelinskaya endi xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 38 yoshli sportchi 5 iyul kuni O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan. Endi u rasman O‘zbekiston nomidan musobaqalarda ishtirok etishi uchun litsentsiyasini ham almashtirishi lozim. Bu masalada allaqachon xalqaro velosport ittifoqiga ariza topishirilgan.
Xabarlarga qaraganda 4 avgust kuni fuqaroligi bo‘lmagan MMA jangchisi Maxmud Murodovga ham O‘zbekiston pasporti berilgan.
Ma’lumot uchun, Murodov dunyodagi eng mashhur aralash jang musobaqasi hisoblangan UFCda ishtirok etgan ilk o‘zbekistonlik hisoblanadi.
Fikrlar