O‘zbekiston terma jamoasi 10ta o‘yindan buyon davom etib kelayotgan g‘alabasiz seriyasiga barham berdi

  • 13.10.2018 21:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor bundan biroz avvalroq poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda O‘zbekiston hamda KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Qiziqarli kechgan bahsda futbolchilarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

E’tiborlisi, ushbu uchrashuvdan so‘ng terma jamoamizning 10ta o‘yindan buyon davom etib kelayotgan g‘alabasiz seriyasiga yakun yasaldi.

Eslatib o‘tish lozimki, 11 sentyabr kuni Eronga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan (0:1) so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasining g‘alabasiz seriyasini 10 ta o‘yinga etgan edi. Vakillarimiz oxirgi marta 2017 yilning 6 iyunida Tailandga qarshi Toshkentda kechgan o‘yinda g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!