
O‘zbekistonlik ayol hakamlar U-16 Osiyo chempionati saralashidan o‘rin olgan o‘yinlarni boshqarishadi
Xabaringiz bor, o‘zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalardan o‘rin olgan uchrashuvlarni boshqarish uchun taklif etilmoqda.
Jumladan, o‘zbekistonlik Edita Mirobidova va Kristina Sereda U-16 Osiyo chempionati saralashidan o‘rin olgan o‘yinlarni boshqarishadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assoyiayiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Hakamlarimiz "B" guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlarda ishlash uchun Myanmaning Yangon shahriga uchib ketishdi.
Ushbu saralash bahslari 28 fevral - 6 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar