O‘zbekistonlik futbolchi bolalar "Barselona"da!

  • 07.08.2018 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
“Junior” futbol maktabi rahbariyati O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda maxsus dastur ishlab chiqib, xorijdan kuchli mutaxassislarni jalb qildi. Bundan tashqari, ular dunyoning grand klublari bilan hamkorlikni ham yo‘lga qo‘ymoqda.

O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “Junior” futbol maktabi Ispaniyaning “Barselona” klubi akademiyasi bilan bu borada muzokaralar o‘tkazdi hamda ushbu muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlashga erishdi. “Barselona” klubi akademiyasi direktori Karlos Martin  “Junior” futbol maktabida tahsil olayotgan iqtidorli bolalarni kataloniyaliklar akademiyasida mashg‘ulot o‘tkazishga taklif qildi. 

0a31247641a10a5bf1b66482b8f0261ffdf2d2ec.jpg
Ushbu taklifga asosan “Junior” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari “Barselona”ning asosiy tarkibi mashug‘ulot olib boradigan Joan Gamper bazasida joylashgan maydonlarda mashg‘ulot o‘tkazish baxtiga musharraf bo‘lishdi. Bundan tashqari, yosh futbolchilar “Nou Kamp” stadioini va klub muzeyiga ekskursiya uyushtirib, jahon futboli afsonalari to‘p surgan va to‘p surayotgan “Barelona” klubi bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!