PSJ forvardi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

  • 12 yanvar, 2019, 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Erik Maksim Shupo-Moting “Beshiktosh”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda France Football nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 29 yoshli futbolchini “Beshiktosh” klubi o‘z safiga chorlamoqda. Istanbulliklar uni joriy qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishmoqchi. Shupo-Motingning o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Shupo-Moting PSJ safiga o‘tgan yilning yozida “Stok Siti”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum parijliklar safida jami 13ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta golga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!