PSJ va "Barselona" Kante uchun kurashmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ va “Barselona” klublari “Chelsi” yarim himoyachisi N'Golo Kanteni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Sportmediaset nashrining yozishicha, klublar 27 yoshli frantsiyalik futbolchini yanvarda xarid qilmoqchi.

PSJ Kanteni oldin ham sotib olmoqchi bo‘lgan, biroq “Chelsi” bilan transfer borasida kelisha olmagan.

Kante “Chelsi” safida 2016 yildan beri to‘p suradi. U londonliklar bilan Angliya chempioni va mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!