PSJning yozgi transferlardagi asosiy nishoni kimligi ma’lum bo‘ldi
Frantsiyaning amaldagi chempioni hisoblangan PSJ klubining mavsumlar oralig‘idagi asosiy transfer maqsadi qaysi futbolchi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklarning short-listida "Chelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kantening ismi birinchi bo‘lib turibdi. Aytishlaricha, 27 yoshli frantsuzning xizmatlariga shaxsan jamoa ustozi Tomas Tuxel jiddiy qiziqib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Kante Frantsiya terma jamoasining jahon chempionatida g‘olib chiqishida ulkan hissa qo‘shdi.



Fikrlar