
"Paxtakor" - "Lokomotiv" bellashuviga keladigan muxlislarni nimalar kutmoqda?
Har ikki jamoa hujumkor futbol namoyish etishni xush ko‘radi. Bu esa uchrashuvga bo‘lgan qiziqish va uning ahamiyatini yanada oshiradi. Qolaversa, kubok bahslari orqali Osiyo Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin.
Bellashuv "Paxtakor" stadionida 18 sentyabr, seshanba kuni soat 20:00da boshlanadi.
O‘yinga tashrif buyuruvchi ishqibozlar uchun "Paxtakor" futbol klubi ajoyib sovg‘alar tayyorlagan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvdan avval stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlar e’tiboriga estrada yulduzlari ishtirokida kontsert dasturi taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, stadionlarga oilaviy tashrif buyuradigan muxlislar va jajji bolakaylar uchun bir qator qiziqarli attraktsionlar tashkil qilinadi.
Tanaffus paytida omadli ishqibozlar 2 dona uyali telefon yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Fikrlar