Payening xarxashasi "Marsel"ga qimmatga tushdi
Angliyaning “Vest Xem” klubi yarim himoyachisi Dimitri Payet faoliyatini yana Frantsiyada davom ettiradigan bo‘ldi.
Telefoot nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, “Marsel” klubi 29 yoshli futbolchini “bolg‘achilar”dan 30 million evro evaziga xarid qilgan. Futbolchi esa jamoa bilan 4,5 yilga mo‘ljallangan bitim borasida kelishuvga erishgan.

Manbaning xabar tarqatishicha, yarim himoyachi yaqin kunlar ichida Frantsiyaga etib keladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Qayd etish joiz, “Vest Xem” 2015 yilda futbolchi uchun “Marsel”ga 15 million evro to‘lagan edi.

Fikrlar