Pedro: Terma jamoaga chaqiruv bu men uchun yangi imkoniyat

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi futbolchisi Pedro Rodriges Xulen Lopetegi Ispaniya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lgandan buyon birinchi marta mamlakat bosh jamoasiga chaqirildi. Futbolchi bu haqda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bu chaqiruv men uchun yangi imkoniyat. Lopetegi menga ishonch bildirgan navbatdagi murabbiy bo‘ldi. Men Ispaniya terma jamoasiga chaqirilganimdan hursandman. Menda yana eski tanishlarim bilan ko‘rishish imkoniyati paydo bo‘ldi. Men o‘z ustimda to‘liq ishlashga va asosiy tarkibdan joy olishga harakat qilaman”, - deydi Pedro.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi dastlab 24 mart kuni Isroil bilan o‘yin o‘tkazsa, 28 mart kuni Frantsiya termasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!