
Pep Gvardiola chempionlikdan umidini deyarli uzdi
“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Vest Xem”ga qarshi (4:0) APL 23-turidan keyin o‘z fikrlarini bildirar ekan, turnir peshqadami “Chelsi”ga etib olishning deyarli imkoni yo‘q ekanini aytdi.
“Antonio Konte havotir olmasa ham bo‘ladi. “Chelsi” hozirgi vaqtda eng yaqin ta’qibchisini 9 ochko farq bilan ortda qoldirmoqda. Ular faqatgina o‘z qo‘llari bilan chempionlikni berib qo‘ymasa, ularga etib olishning imkoni yo‘q. Ammo biz EChLga chiqish uchun oxirigacha kurashamiz”, – dedi Gvardiola.
Angliya chempionati 23-turidan keyin “Chelsi” 9 ochko farq bilan “Arsenal” va “Tottenxem”ni, 10 ochko farq bilan “Liverpul” va “Manchester Siti”ni ortda qoldirmoqda.
Фикрлар