
Peres Modrichning o‘rniga futbolchi topdi
"Real" Madrid prezidenti Florentino Peres jamoadn ketishni rejalashtirayotgan yarim himoyachi Luka Modrichning o‘rniga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Dani Sebalos kelajakda "Santyago Bernabeu"da 32 yoshli xorvatiyalik futbolchining o‘rnini bosishi mumkin. Peresning fikricha aynan mana shu 22 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida Xorvatiyaga qarshi bahsda o‘z o‘yini bilan Modrichning o‘rniga munosib ekanligini isbotlay olgan.
Eslatib o‘tamiz, Modrichga Milanning “Inter” klubidan jiddiy takliflar bo‘lmoqda.
Fikrlar