Peres Ronalduning jamoadan ketganini seshanba kuni rasman e’lon qiladi

  • 8 iyul, 2018, 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishga juda yaqin turibdi.

Tecno

Mediaset Premium nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan direktorlar kengashi yig‘ilishida 33 yoshli portugaliyalik futbolchining jamoadan ketgani haqida rasman e’lon qiladi.

Bundan tashqari Ronalduning o‘zi ham keng ommaga jamoadan o‘z xohishiga ko‘ra ketayotganini e’lon qilishi kerak. Aks holda “Real” rahbariyati uning transfer narxini “Yuventus” istayotgan 100 mln evrogacha pasaytirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!