Peres transfer bozorini "portlatmoqchi"

  • 11.08.2018 12:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres joriy yoz jahon transfer rekordini yangilashni rejalashtirmoqda.

Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” rahbari 300 million evrolik transfer haqida ish olib bormoqda. Biroq, hozircha “Real”ning super xaridi kim bo‘lishi ma’lum qilinmayapti.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” PSJning ikki futbolchisi – Neymar yoki Mbappedan birini sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!