Peresning navbatdagi "qurboni" Asensio bo‘lishi mumkin?!
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamo vingeri Marko Asensioni transferga qo‘yishi mumkin.
Bir qator ispan nashrlarining yozishicha 22 yoshli futbolchi Peresning top futbolchi sotib olishdagi navbatdagi qurboniga aylanishi mumkin. Agar “qirollik klubi” chindan ham Asensioning pozitsiyasiga top darajadagi futbolchi olib kelishni uddalasa, u holda rahbariyat uni 150 mln evroga sotib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Asensioga “Chelsi” va PSJ klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar