
Perishich "Inter"dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi
Milanning "Inter" klubi xavbeki Ivan Perishich jamoada qolishga qaror qildi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, qishki transferlar davrida Perishich “Arsenal”ga ko‘chib o‘tish istagini bildirayotgan edi. O‘z navbatida “neradzurrilar” ham xorvatiyalik futbolchini 40 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirishgan. Biroq, noma’lum sabablarga ko‘ra ushbu transfer amalga oshmay qolgan edi.
Ma’lumot uchun, Perishich “Inter” safiga 2013 yil “Volfsburg”dan 16 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Ivan Perishich joriy mavsum “Inter” safida jami 30ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar