
Pike "Barselona" qarorgohini nega tark etdi?
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike rahbariyat ruhsati bilan jamoa qarorgohini tark etdi.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli futbolchi Xalqaro tennis federatsiyasining Devis kubogi masalasi bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishda ishtirok etish uchun AQShga jo‘nab ketgan.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Pike tennisda keskin o‘zgarishlar kerak ekanligi haqida aytib o‘tgan edi.
Fikrlar