Pogbani «Barselona»da nima kutmoqda?

Frantsiyalik futbolchi «Manchester Yunayted»da yaqqol o‘zini yaxshi his qilmayotgani ko‘rinib turibdi, biroq unga jiddiy qiziqish bildirayotgan «Barselona»da o‘ynab keta oladimi?

Pol Pogba MYuni 2012-yilda tark etayotganida «Kastilya» ustozi Albert Toril klub prezidenti Florentino Peresga 18 yoshli futbolchini 100 ming evroga qo‘lga kiritishlari mumkinligini etkazgandi.

Frantsiyalik yarim himoyachi «Yuventus»ga erkin agenti sifatida qo‘shildi. O‘shanda bu pul uning agenti uchun sarflanishi mumkin edi, xolos. Jahon futbolining kelajagi deya baholangan iqtidorli futbolchilardan biri uchun bunday mablag‘ni sarflashga arzirdi.

Shunga qaramay o‘sha vaqtlarda Peres jiddiy transferlar bilan qiziqardi. U Torilga «100 ming? U 100 million turganida menga ayt» deya o‘ziga xos tarzda javob qaytargan ekan.

Tajribadan o‘tmagan, noma’lum shaxs bo‘lgan Pogba madridliklarning biznes modeli – «Galaktika»ga mos kelmasligi aniq edi.

Madridliklar o‘zlari futbol sanoatiga aylanib ulgurgan iste’dod egalarini «ovlardi» va ularni har qanday narxda sotib olardi.

«Qirollik klubi» katta yulduzlar, yirik tijoriy kelishuvlar, ommaviy sotuvlar bilan ovora edi. Ammo poytaxt jamoasi 2014-yilda o‘zining so‘nggi «galaktika»si – Xames Rodrigesni harid qildi. O‘shandan beri klbu transfer siyosatini o‘zgartirdi. Biroq ular bu ishga tez orada Neymar va Kilian Mbappe kabi nomdor futbolchilarni sotib olishi bilan qaytishi mumkin.

Bugungi Pogba «Real»ning o‘sha vaqtdagi talablariga to‘liq mos tushadi.

25 yoshli yarim himoyachi jahon futbolining eng bozori chaqqon futbolchisidan biri. Ijtimoiy tarmoqlarda esa unga etadigani yo‘q.

Va u yana «Old Trafford»ni tark etish arafasida turibdi.

«Yuventus»da u butun salohiyatini to‘liq namoyish qila olmadi, ammo bunga yaqin saviyada bo‘ldi. O‘zining eng yaxshi sport formasida bo‘lish uchun Pogbaga erkinlik kerak. Shu tufayli «keksa sinora» uni o‘z safida qayta ko‘rishdan xursand bo‘lishi aniq.

Afsuski Mourino boshchiligidagi MYuda taktik ishlanmalar uni o‘zini ko‘rsatishiga imkon bermayapti.

Portugaliyalik murabbiyning o‘yin falsafasi o‘tmishda samara berardi, ammo «orzular teatri»da buni amalga oshirishda qiynalmoqda. U Pogbaga mos nuqta topib bera olmayapti.

Avvalgi bolakay endi Jahon chempioni, o‘z sanoati bor, marka, brend va murabbiyga so‘zi o‘tishi kerak bo‘lgan futbolchiga aylangan.

Ko‘rinib turibdiki, Pogba va Mourino teng darajada, shu sababli ikkalasi orasidagi kelishmovchiliklar hadeganda tugagani yo‘q.

Yarim himoyachining agenti Mino Rayola esa mijozini yaqin 12 oyda Manchesterdan olib ketish uchun qo‘lidan keladigan barcha ishni qilishi aniq. O‘zining Angliyaga qaytganidan keyin uchinchi mavsumini o‘tkazayotgan Pogba ham Mourinodan charchadi va klubdan ketishni istamoqda.

Klub ijrochi direktori Ed Vudvord Pogba va Mourino orasidagi mubohasalarda murabbiyni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ommaviy ravishda e’lon qildi.

Rayola esa futbolchisiga «Yuventus» va «Barselona» jiddiy qiziqayotganini aytib klubga kuchli bosim uyushtirmoqda.

«Yuventus» esa yozda yirik pullar evaziga Krishtianu Ronalduni olib kelgani uchun moliyaviy qiyinchilikka kirib qolishni istamaydi. «Barselona» esa Pogba yoki klub bilan aloqacha chiqmaganini aytmoqda.

Ammo klub sotuvga qo‘yiladigan bo‘lsa kataloniyaliklar unga qiziqish bildirishi aniq. Agarda shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Pogba «Barselona» uchun ajoyib transfer bo‘la oladimi? Bu savol ko‘pchilikni qiziqtirishi va o‘ylantirishi aniq.

Tiki-taka uslubida o‘ynaydigan «ko‘k-anorranglilar» yaqin o‘tmishda Yaya Ture, Seydu Keyta va Paulino kabi yarim himoyachilar bilan etarlicha muvaffaqiyatlarga qozona oldi.

Biroq ularning birortasi «Kamp Nou»da superyulduzga aylangani yo‘q. Shu yil yozida kelgan Arturo Vidalning ayni vaqtda qiyinchilikka uchrayotgani kuchli va jismoniy baquvvat futbolchilar klub falsafasiga to‘g‘ri kelmasligini yana bir marta isbotladi.

Pogba Messi bilan birga o‘ynash orzusini yashirmayapti. Ammo argentinalik futbolchi bilan o‘ynash uchun o‘z o‘yinini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi. U ko‘proq intizomli bo‘lishi, to‘p bilan yaxshi muomala qilishi talab etiladi.

Mana shu faktorlar sabab frantsiyalik iqtidor egasi «Kamp Nou»da ham o‘zini baxtli his qilmasligi ehtimoli yuqori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!