
Portugaliya. Rashidovning debyut o‘yinida "Nasonal" o‘z darvozasidan javobsiz 10 ta to‘p olib chiqdi
"Estadiu da Luj" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 10:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Qayd etish joiz, bu O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov uchun yangi jamoasi safidagi dastlabki uchrashuv bo‘ldi.
Sardor bugungi bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Bugungi g‘alaba natijasida "burgutlar" hisobidagi ochkolar soni 50 taga etdi va turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Nasonal" esa 20 ochko bilan 16-pog‘onaga tushib ketdi. Jamoa o‘zining kelgusi o‘yinini 16 fevral kuni "Feyrense"ga qarshi o‘tkazadi.
Portugaliya Primeyra-ligasi. 21-tur
"Benfika" - "Nasonal" 10:0
Gollar: Aleks Grimaldo (1), Seferovich (21, 27), Joao Feliks (50), Pitstsi (54 penaltidan), Ferreyra (56), Ruben Dias (64), Jonas (84, 90), Rafa Silva (88)
"Benfika": Vlachomidas, Grimaldo, Dias, Gabriel, Seferovich (Jonas 73), Pitstsi, Samaris (Florentino Luis 62), Rafa Silva, Andre Almeyda, Joao Feliks (Krovinovich 68), Fransisko Fereyra.
"Nasonal": Daniel, Alhassan (Arabidze 46), Joao Kamacho, Filipe Ferreyra (Viti 17), Serxio Marakis (Riaskos 84), Kalindi, Palochevich, Rosich, Julio, Vitor Gonsalvesh, Sardor Rashidov.
Ogohlantirish: Andreas Samaris (20)
Fikrlar
Янги мураббий келса СР77нинг келажаги ? остида қолади...