Pyanich "Yuventus"da qolishga qaror qildi

  • 8 avgust, 2018, 04:55
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich jamoada qolishga qaror qildi. Bu futbolchining xizmatlariga "Manchester Siti" va "Barselona" klublari jiddiy qiziqish bildirayotgan edi, deya xabar beradi La Gazzetta dello Sport nashri.

Manbada yozilishicha, futbolchini "Manchester Siti" tarkibga qo‘shib olishga jiddiy urinib ko‘rdi. Biroq bosniyalik yarim himoyachi Turinda qolishga hohladi. "Yuventus" uning ketishiga qarshilik qilmagan edi.

Agar u jamoani tark etganda turinliklar "Latsio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich yoki "Manchester Yunayted" a’zosi Pol Pogbani xarid qilishni rejalashtirgan edi. Ammo Pyanich shartnomani uzaytirdi. Uning maoshi 4,5 mln evrodan 6 mln evrogacha oshirildi.

"Yuventus" tarkibida Pyanich ikki marta Italiya chempioni va ikki marta mamlakat kubogi sohibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!