Qatar JCh-2022 mezbonligini qanday qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi

  • 3 noyabr, 2018, 09:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarning JCh-2022 mezbonligini qanday qo‘lga kiritgani haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Tecno

Get French Football News nashri tarqatgan xabarga qaraganda 2010 yil Frantsiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Nikolya Sarkozi Qatar amiri Tamim Al Tani bilan uchrashuv chog‘ida unga PSJni sotib olishni va Frantsiyada sport kanalini (BeIN Sports) ishga tushirishni taklif qilgan.

Buning evaziga esa Sarkozi o‘sha paytda UEFA prezidenti lavozimida ishlagan hamyurti Mishel Platini orqali JCh-2022 mezbonligi saylovida qatarliklarni qo‘llab-quvvatlashni va’da qilgan. Yakunda ularning bu rejasi amalga oshdi, biroq oradan bir qancha vaqt o‘tgach Platini aynan mana shu ish bo‘yicha o‘z lavozimini tark etdi.

Eslatib o‘tish lozimki, ovoz berish jarayonida Qatar ushbu mundial mezbonligi uchun da’vogarlik qilgan Avstraliya, AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreyani ortda qoldirgan edi.

Ma’lumot uchun, JCh-2022 musobaqasi 2022 yilning noyabr-dekabr oylarida Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!