
Qaydasan, Jakarta? (Foto)
Bugun O‘zbekiston delegatsiyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportidan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida qit’amizning ellikka yaqin davlatidan o‘n ming nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik 232 nafar sportchi 30 sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan bahslarda Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Fikrlar