Qilichbozlik. Poytaxtimiz xalqaro turnirga mezbonlik qiladi

  • 6 fevral, 2019, 15:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

15-17 fevral kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasining dastlabki rasmiy musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

O‘smirlar va kadetlar o‘rtasida tashkil etiladigan I Ochiq chempionatda Afg‘oniston, Tojikiston, Turmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston qilichbozlari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

Bahslar qilichbozlikning har uchta yo‘nalishida tashkil etiladi va unda 150 nafardan ziyod sportchi qatnashadi. Bellashuvlar O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga qarashli «Universal» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 25 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyalarini birlashtiruvchi Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Ushbu musobaqa Konfederatsiya tomonidan tashkil etilayotgan dastlabki turnir hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!