
Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Daniyar Abulgazin hamda qo‘mitaning sport tibbiyoti boshqarmasi boshlig‘i Janbulat Sarsenov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi.
Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Daniyar Abulgazin hamda qo‘mitaning sport tibbiyoti boshqarmasi boshlig‘i Janbulat Sarsenov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasining xabariga ko‘ra, mehmonlarni O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov hamda bosh kotib Jasur Matjonov kutib oldi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida faoliyat yuritayotgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish, kerak bo‘lsa undan andoza olish va Qozog‘istonda ham ana shunday markaz tashkil etishni muhokama qilishdan iborat edi.
Uchrashuv davomida qishki Olimpiya o‘yinlariga ko‘rilgan tayyorgarlik bo‘yicha fikr almashildi. O‘z navbatida, Qozog‘iston MOQ bosh kotibi qishki sport turlari bo‘yicha terma jamoalarimizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini Qozog‘istonning tog‘li xududlarida hamkorlikda tashkil qilish taklifi bilan chiqdi.
Fikrlar