Raboning yangi jamoasi "Barselona" bo‘ladi
Adrien Rabo PSJdan ketishga juda yaqin turibdi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli frantsiyalik futbolchining yangi jamoasi “Barselona” bo‘ladi. Ushbu transfer yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq amalga oshiriladi. Buning uchun kataloniyaliklar Frantsiya chempioniga 5 mln evro to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Raboning PSJ bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar