Ramos sariq kartochka olish borasida EChLda rekord o‘rnatdi

  • 20.09.2018 09:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos UEFA Chempionlar ligasi tarixidagi eng qo‘pol o‘yinchiga aylandi.

Aniqrog‘i, 32 yoshli futbolchi kecha “Roma”ga (3:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi. E’tiborlisi, bu Ramosning Chempionlar ligasidagi 37-sariq kartochkasi bo‘ldi.

“Qirollik klubi” sardori bu borada MYu sobiq xavbeki Pol Skoulzni (36ta) ortda qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!