Rasman! Aziz Turg‘unboev "Paxtakor" futbolchisiga aylandi (foto)
"Navbahor" safida oxirgi to‘rt mavsumda asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanib, 72 bellashuvda 15 gol muallifi bo‘lgan Turg‘unboev kelasi ikki mavsum mobaynida "sherlar" sharafini himoya qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

24 yoshli yarim himoyachi oxirgi ikki yilda "Navbahor" safida chiroyli o‘yinlari bilan e’tiborga tushgandi. Shu tariqa Aziz Turg‘unboev "Paxtakor"ning 2019 yilgi mavsum uchun birinchi kelishuviga aylandi.



Fikrlar