Rasman. Mayk Filan “Xall Siti” bosh murabbiyligidan ozod etildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Xall Siti” klubi rasman jamoa bosh murabbiyi Mayk Filanni o‘z lavozimidan ozod etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

APLning o‘tgan 20-turida mexmonda “Vest Bromvich” mexmoni bo‘lgan “yo‘lbarslar” yakunda 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. Bu esa ularning mavsumdagi 13 mag‘lubiyati bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Filan dastlab 2015 yilda jamoada yordamchi murabbiy bo‘lib faoliyat boshlagan. So‘ngra, 2016 yilning iyul oyida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi, oktyabr oyiga kelib esa rasman bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

Aytish kerakki, “Xall Siti” ayni damda musobaqa jadvalida 13 ochko jamg‘argan holda so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!