Rasman! Peter Bos “Borussiya D” bosh murabbiyi
Dortmundning “Borussiya D” klubi o‘ziga yangi bosh murabbiy topdi. Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, Amsterdamning “Ayaks” klubidagi faoliyati bilan mashhur mutaxassis Peter Bos Tomas Tuxelning o‘rnini egalladi.
Dortmundliklar 53 yoshli mutaxassis bilan 2019 yilga qadar shartnoma imzolashdi. Bugun yangi murabbiyni rasmiy tanishtiruv ma’rosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, “Borussiya” Bos uchun amsterdamliklarga 3 mln evro tovon puli to‘lab beradi.

Fikrlar