"Real" Rodrigo uchun 60 million evro taklif qilmoqchi

  • 21.08.2018 22:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi "Valensiya" hujumchisi Rodrigoning transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 27 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun “ko‘rshapalaklar”ga 60 million evro taklif qilmoqchi. Biroq, bundan avval “Valensiya” rahbariyati uni 120 milliondan kamiga qo‘yib yubormasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rodrigoning o‘zi ham bundan avval “Valensiya”da qolish istagi borligini aytib o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, Rodrigo asli "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!