"Real Sosedad" o‘z etakchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi yarim himoyachi Mikel Oyarsabal bilan amaldagi kelishuvni uzaytirgani haqida e’lon qildi.
Unga ko‘ra 21 yoshli futbolchi basklar bilan 2024 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekkan.
Aytish lozimki, Oyarsabal asli "Real Sosedad" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoaning asosiy tarkibida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u jami 110ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24ta gol urishga erishgan.



Fikrlar